Skip to content

Os

Disk qanday ishlaydi?

Dastur yozganimizda massiv ichidagi kerakli elementni uning indeksi orqali olamiz. Masalan, arr[57] deb yozsak, massivning 58-elementiga murojaat qilamiz.

Bu biz uchun oddiy holat. Shu sababli diskdagi ma'lumotlar ham xuddi shunday ishlaydi, deb o‘ylashimiz mumkin. Ya'ni faylning istalgan joyidan bitta baytni so‘rasak, disk aynan shu baytni topib beradi.

Ammo diskning ishlash tartibi operativ xotiradan farq qiladi.