Skip to content

PostgreSQL

PostgreSQL bu — ochiq manbali, relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RDBMS) bo’ib, bugungi kunda Uber, Netflix, Instagram kabi katta kompaniyalarda keng qo’llanilayotgan mashhur tizim hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda PostgreSQL deb nomlanuvchi relatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi 1986 – yilda Berklindagi Kaliforniya universitetida yozilgan POSTGRES paketidan olingan. 20 yildan beri ilg’or rivojlanib kelayotgan PostgreSQL hozirgi kunda deyarli hamma joyda mavjud bo’lgan ochiq kodli ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Postgres dastlab moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish, reaktiv dvigatelning ishlashini monitoring qilish va asteroidlar harakatini kuzatish uchun xizmat qilgan.

1992 – yilda “Informix” loyihani sotib oldi. 1994 – yilga kelib “Informix” POSTGRES ga SQL tilini qo’shishga qaror qildi va Endryu Yu va Jolli Chen bilan POSTGRES ga SQL ni qo’shdilar va Postgres95 nomi bilan internetga chiqarildi. 1996 – yilda “Postgres95” nomi eskirib qolayotganini sezib qolishgach, POSTGRES va SQL qobiliyatiga ega yangi avlod “PostgreSQL” ni taqdim etishdi va 6.0 dan boshlangan versiya raqamlashi o’rnatildi.

Quyidagi tillarni qo’llab-quvvatlaydi

  • Python
  • Java
  • C#
  • C\C++
  • Ruby
  • JavaScript (Node.js)

Ushbu tizimning keng qo’llanilishining asosiy sababi bu uning ochiq manbali ekanligidadir. PostgreSQL katta kompaniyalar uchun pullik EnterpriseDB (EDB) versiyasini ham taqdim etadi. EDB bu — PostgreSQLga asoslangan, bepul versiyasida mavjud bo’lmagan funktsiyalarni taqdim etuvchi tizimdir.