OSI (open systems interconnection) model
OSI modeli — jahon standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan yaratilgan model bo'lib, har xil aloqa tizimlari uchun bir-birlari bilan standart protokollar orqali muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. OSI kompyuter tarmoqlari uchun universal til hisoblanadi.
Bu model tarmoqdagi muloqotni yetti qatlamga bo'lib beradi, har bir qatlam alohida vazifani bajaradi va o'zidan yuqori va pastki qatlamlar bilan muloqot qiladi.
OSI modelining 7 ta qatlami
- Ilova qatlami (Application layer) – foydalanuvchi dasturlari (brauzer, email) orqali tarmoq bilan ishlaydi.
- Ta’qdimot qatlami (Presentation layer) – ma’lumotni shifrlaydi, siqadi yoki formatini o'zgartiradi.
- Sessiya qatlami (Session layer) – ikki qurilma o'rtasida sessiyani ochadi, boshqaradi va tugatadi.
- Transport qatlami (Transport layer) – ma’lumotni segmentlarga bo'lib, ishonchli yetib borishini ta’minlaydi (TCP/UDP).
- Tarmoq qatlami (Network layer) – paketlarni manzildan manzilga yetkazadi, marshrutlashni amalga oshiradi (IP).
- Ma’lumot bog'lanish qatlami (Data Link layer) – ramkalar (frames) bilan ishlaydi, xatoliklarni aniqlaydi va tuzatadi.
- Fizik qavat (Physical layer) – bitlarni (1 va 0) fizik vositalar orqali (kabel, signal, elektr, yorug'lik) uzatadi.
To'ldirilmoqda...