2-modul bo'yicha vazifalar
Sonlarga doir
- Uzunlik L santimetrda berilgan. Undagi to'liq metrlar sonini aniqlovchi programma tuzilsin. (1m=100cm)
- Og'irlik M kilogrammda berilgan. Undagi to'liq tonnalar sonini aniqlovchi programma tuzilsin. (1t=1000kg)
- Faylning hajmi baytlarda berilgan. Bo'lib butunni olish operatsiyasidan foydalanib fayl hajmining to’liq kilobaytlarda ifodalovchi programma tuzilsin. (1Kb=1024 bayt)
- A va В (A > B) musbat sonlari berilgan. A kesmada, В kesmani necha marta joylashtirish mumkinligini aniqlovchi programma tuzilsin.
- A va В (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada В kesmani necha marta joylashtirish mumkin. A kesmada В kesmaning joylashmagan qismini aniqlovchi programma tuzilsin.
- Ikki xonali son berilgan. Oldin uning o’nliklar xonasidagi raqamni, so'ng birlar xonasidagi raqamni chiqaruvchi programma tuzilsin.
- Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari yig'indisini aniqlovchi programma tuzilsin.
- Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari o’rnini almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
- Uch xonali son berilgan. Uning yuzlar xonasidagi raqamini aniqlovchi programma tuzilsin.
- Uch xonali son berilgan. Oldin uni birliklar xonasidagi raqamni so'ng o'nliklar xonasidagi raqamni chiqaruvchi programma tuzilsin.
- Uch xonali son berilgan. Uning raqamlar yig'indisini aniqlovchi programma tuzilsin.
- Uch xonali son berilgan. Uning raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi program tuzilsin.
- Uch xonali son berilgan. Uning chapdan birinchi raqamini o’chirib o'ng tarafiga yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
- Uch xonali son berilgan. Uning o'ngdan birinchi raqamini o’chirib chap tarafiga yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
- Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan yuzliklar xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish =123; Natija = 213)
- Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan birliklar xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish =123; Natija = 132)
- 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni yuzliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
- 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni mingliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
- Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha minut to’la o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
- Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha to’la soat o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
Mantiqiy turlarga doir
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni musbat".
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni toq son".
- A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni juft son".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A>2 va B<=3".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A >= 0 yoki В < -2"
- Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A <= В <= С"
- Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “B soni A va С sonlari orasida yotadi".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A va В sonlari toq sonlar".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A va В sonlarning hech bo’lmaganda bittasi toq son".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A va В sonlarning faqat bittasi toq son".
- Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A va В sonlarining har ikkalasi ham yoki toq son yoki juft son".
- Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “А, В, С sonlarning har biri musbat".
- Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “А, В, С sonlarning hech bo’lmaganda bittasi musbat".
- Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “А, В, С sonlaridan faqat bittasi musbat son”.
- Uchta А, В, С butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “А, В, С sonlardan faqat ikkitasi musbat son".
- Musbat butun son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan son ikki xonali juft son".
- Musbat butun son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan son uch xonali toq".
- Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan uchta butun sonlarning hech bo’lmaganda 2 tasi bir birigateng".
- Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan uchta butun sonlarning hech bo’lmaganda bir jufti o’zaro qarama-qarshi".
- Uch xonali son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Ushbu sonning barcha raqamlari xar xil".