Kompyuter nimalardan tashkil topgan?
Kompyuter insoniyat tarixidagi eng katta va muhim ixtirolardan biridir. Kompyuter bu – tarkibiga kiruvchi tashqi qurilmalar va turli komponentlar yordamida ishlovchi kompleks elektron qurilmadir.
Ularning asosiy tarkibi quyidagicha:
- Processor(CPU)
- Processor memory(RAM va ROM)
- Motherboard(ona plata)
- Storage device(SSD va HDD)
- Kiritish/chiqarish qurilmalari (Input/Output Devices)
Algoritmlar ishlashi davomida yuqoridagi qismlardan eng ko'p RAM va CPU dan foydalanadi. Bu ikkala qism Algoritmlar uchun muhim qismlar hisoblanadi. Algoritm aynan CPU tomonidan bajariladi.
Algoritm → kod → mashina buyruqlari → CPU bajaradi.
Processor(CPU) – kompyuter tizimining yurituvchi qismi bo'lib u barcha amallarni bajarish uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlarni qabul qiladi, ularni boshqaradi va natijalarni hosil qiladi. Processor barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarishga ma'sul. Bu operatsiyalar, qurilmada kiritilgan buyruqlar to'plamlari(dasturlar) asosida amalga oshiriladi.

Odatda processor bir nechta yadro(core)lardan tashkil topgan bo'ladi. Yadro - bu CPU ning kichik protsessori.
Oldingi vaqtlarda CPU lar faqat bitta yadrodan(single-core) tashkil topgan bo'lib, ular ma'lum bir vaqt oralig'da faqat bitta vazifani bajara olishgan holos. Hozirgi kunda processor ko'p yadrolardan tashkil topgan. Ularning har biri bir vaqtning o'zida turli vazifalarni bajaradi. Bitta yadro bitta vazifani bajarishi mumkin, shuning uchun processor qancha ko'p yadroga ega bo'lsa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo'ladi.
CPU quyidagilarni bajaradi:
- arifmetik amallar (+, −, *, /)
- taqqoslashlar (>, <, ==)
- shartlar (if, while, for)
- sakrashlar (jump)
Processor qanday ishlaydi?
Protsessor dastur buyruqlarini bevosita diskdan emas, balki operativ xotira (RAM) dan oladi. Operatsion tizim dasturlarni diskdan RAM ga yuklaydi va protsessorga qaysi buyruqni qachon bajarish kerakligini rejalashtirib beradi (scheduling).
Shu sababli, bir vaqtning o‘zida qancha ko‘p ilova ishlayotgan bo‘lsa, protsessor shuncha ko‘p kontekst almashadi va uning yuklanishi ortadi.
RAM
Algoritmlar ishlashi uchun ma'lumotlar biror joyda saqlanishi kerak — bu joy RAM.

RAM - kompyuter hozirda foydalanayotgan yoki qayta ishlayotgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan kompyuter xotirasi turi. RAM o'zgaruvchan xotira bo'lib, unda saqlangan ma'lumotlar kompyuter o'chirilganda yo'qoladi. RAM odatda operatsion tizim, amaliy dasturlar va kompyuter hozirda foydalanayotgan ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Agar RAM yetishmasa:
- dastur sekinlashadi (swap ishlaydi ya'ni diskdan qo'shimcha joy oladi)
- yoki umuman ishlamaydi (Out of Memory).
Shu sababli algoritmlarni loyihalashda vaqt va xotira samaradorligi doimo inobatga olinishi kerak.