Django manage.py buyruqlari. 2-qism
Djangoning manage.py skriptining foydali buyruqlarini ko'rib chiqishni davom etamiz.
check
Djangoning check buyrug'i eng ko'p uchraydigan xatolarni aniqlash uchun qulay vosita. U sintaksis xatolarni aniqlash uchun xizmat qilmaydi.
check dan foydalanish:
qo'shimcha tag bilan modellar uchun tekshirish:
ayni bir ma'lumotlar ombori uchun tekshirish:
xavfsizlik uchun tekshirish:
deploy uchun tekshirish:
deploy uchun tekshirishda settings.py da ko'rsatilgan DEBUG, ALLOWED_HOSTS kabi muxim qismlarni tekshirib agar muamo bo'lsa ogohlantirish xabarlarini beradi.
createsuperuser
createsuperuser buyrug'i superuser(django admin ga kirish uchun) qo'shishga xizmat qiladi.
foydalanish:
Buyruq ishga tushiriganidan so'ng quyidagi ma'lumotlarni kiritish so'raladi:
- username(foydalanuvchi nomi)
- email(ixtiyoriy, sozlamalarga bog'liq)
- password(parol)
superuserni bitta buyruqda argumentlar bilan qo'shish.
python manage.py createsuperuser --username=admin --email=[email protected]
dbshell
dbshell djangoda sql so'rovlarni ishga tushirish uchun maxsus interaktiv oyna ochish uchun xizmat qiladi. Bu bilan to'g'ridan to'g'ri django loyihasi bog'langan ma'lumotlar bazasiga so'rovlar yozish imkoniyati ochiladi.
foydalanish
dbshell ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:- ma'lumotlar omboriga ulanish uchun maxsus paketlar(database clients) o'rnatilgan bo'lishi.
- settings.py
DATABASESsozlangan bo'lishi kerak.
Qo'llab quvatlanadigan ma'lumot omborlari va paketlar
| Tizim | Paket |
|---|---|
| PostgreSQL | psql |
| MySQL/MariaDB | mysql |
| SQLite | Built-in (sqlite3) |
| Oracle | sqlplus |
dbshellga misol
sqlmigrate
sqlmigrate buyrug'i Djangoda SQL so'rov generatsiya qilish uchun kerak bo'ladi. Bu buyruq loyihani debug qilish jarayonida juda qulay hisoblanadi.
foydalanish:
* app_label - app nomi * migration_number migratsiya raqamiMavjud migratsiyalar ro'yxatini ko'rish
Qachon foydalanish kerak
migrateqilishdan oldin SQL so'rovni ko'rish uchun.debugqilish jarayonida- agar SQL so'rov shell bilan kiritish kerak bo'lsa.
flush
flush ma'lumotlar omborida barcha ma'lumotlarni o'chirish uchun foydalaniladi. Barcha jadvallarga ma'lumotlarni kiritish boshidan boshlanadi,
faqat migratsiyaga aloqador jadvallarda o'chirish amalga oshirilmaydi.
foydalanish:
inspectdb
inspectdb mavjud ma'lumotlar ombori jadvallaridan, Django modellarini generatsiya qiladi. Agar sizda biror oldindan mavjud
ma'lumotlar bazasi bo'lsa, Django loyihasida ishlashi kerak bo'lsa bu imkoniyat ayana shu holatlar uchun mos keladi.
foydalanish:
Bu buyruq natijasi termenalga chiqdi, agar sizga .py faylga saqlash kerak bo'lsa quyidagicha yozishingiz kerak bo'ladi.
Agar sizda ayni bir jadval uchun model generatsiya qilish kerak bo'lsa quyidagicha ishga tushirish kerak:
collectstatic
collectstatic buyrug'i Djangoning statik fayllarini settings.py sozlamalari asosida yuklash uchun xizmat qiladi.
Ya'ni STATIC_ROOTda ko'rsatilgan kataloga, barcha statik fayllarni (CSS, JavaScript, tasvirlar va boshqalar) yuklaydi.
foydalanish:
collectstatic ishga tushuriliganda oldin tasdiqlashni so'raydi agarda tasdiqlash kerak bo'lmasa quyidagi tartibda ishga tushirish kerak bo'ladi.
Biror statik fayl qayerdaligini aniqlsh kerak bo'lsa quydagi buyruq ishga tushuriladi:
test
Djangoning test buyrug'i testlarni ishga tushurish uchun ishlatiladi.
ishga tushurish:
- Django loyihasidagi barcha testlarni ishga tushuradi.
- Barcha tests.py fayllari yoki tests/ kataloglarini ko'rib chiqadi.
Djangoningunittestlarini ishga tushuradi.
shell
shell Django querylarini yozish va debug qilish uchun maxsusu interaktiv oyna ochish uchu xizmat qiladi. shell Django
muhitida ishga tushganligi uchun modellarni import qilish va boshqa so'rov operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.
foydalanish:
Qachon ishlatish kerak?
- Django so'rovlarini debug qilish jarayonida
- Django model yoki funksiyalarini test qilishda
- bir martalik skriptlarni ishga tushirishda.
startproject
startproject buyrug'i Django bilan yangi loyiha hosil qilishda foydalaniladi. Quyidagi tartibda ishga tushirish mumkin.
Natija:
myproject/
│── manage.py
│── myproject/
│ │── __init__.py
│ │── settings.py
│ │── urls.py
│ │── asgi.py
│ │── wsgi.py
Yuqoridagi misolda myproject katalogi ichida hosil qilindi, agar sizga boshqa katalog mavjud bo'lsa quyidagicha ishga tushirishingiz zarur.
Natija:
folder_path/
│── manage.py
│── myproject/
│ │── __init__.py
│ │── settings.py
│ │── urls.py
│ │── asgi.py
│ │── wsgi.py
startapp
Djangodagi startapp buyrug'i loyiha ichida yangi Django ilovasini(app) hosil qilish uchun ishlatiladi. Bu Django
loyihangizda mustaqil modul yaratish uchun kerakli papka tuzilishi va fayllarni hosil qiladi.
ishga tushirish:
Natija:
myapp/
│── migrations/
│ ├── __init__.py
│── __init__.py
│── admin.py
│── apps.py
│── models.py
│── tests.py
│── views.py
Natija:
folder_path/
│── migrations/
│ ├── __init__.py
│── __init__.py
│── admin.py
│── apps.py
│── models.py
│── tests.py
│── views.py
clear_cache
Django-dagi clear_cache buyrug'i sozlangan keshni tozalash uchun ishlatiladi(Redis, Memcached, yoki ma'lumotlar ombori).
ishga tushirish
Ya'ni quyidagi tartibda sozlangan kesh xotirasini tozalaydi: